Yig'lama jon muhabbat 
Dardlaringni olay man
Nima bo'lsa ham faqat 
Yonginangda qolay man
Yorga nolam yetmaydi 
Ko'zlar ko'zdan ketmaydi
Xuddi atay qilganday 
Ko'chamdan ham o'tmaydi
Gulim, gulim, gulimsan meni jonu dilimsan
Jondan ortiq sevganim, yagona sevgilimsan
Gulim, gulim, gulimsan meni jonu dilimsan
Jondan ortiq sevganim, yagona sevgilimsan
Yurak yig'laydi yum-yum 
Yor ham kelmaydi bir zum
Sog'inganim bilmasa 
Axtarib boray o'zim
Ayor,ayor, ayora
Qo'lim yetmas sayyora
Meni qiynash yoqarmu
Har baloga tayyora
Keling desa kelardim
So'rasa jon berardim
Bir kun qo'limga tushsa
Huddi o'zim bilardim
Ko'chamizdan o'tganda
Bir kun yo'lin to'sarman
Achiq qilib o'zimni 
Sochlariga o'sarman