Botir Qodirov - Ox uraman (Qo'shiq matni, matn, text)
Oh uraman, oh uraman
Men otamni sog'inganda oh uraman.
Erta tongda honalari bo'shdur mudom
Kech kelganda yo'l poylayman ko'z tikaman.
Xovlimizdan izlarini qidiraman
Kelganmi deb uylariga xam kiraman.
Go'yo o'g'lim deydi boqib suratlari
Ko'z yoshlarim yuzlarimdan sidiraman.
Esga solib qoshlarini ko'zlarini
Qulog'imga shivirlagan so'zlarini.
Do'ppilari choponlari uy to'rida
Nahot endi topolmayman o'zlarini.
Ko'chamizdan chollar o'tar qator qator
Qo'lda asov yuzlarida nurlari bor
Xavas bilan boqib menga qilar alam
Otaginam joyi qabr tang ila tor.
Nuroniylar choyxonaga jam bo'ladi
O'rtoqlarim otalari ham boladi
Bu qandayin musibatu faryod uraman
Nega bitta mening otam kam bo'ladi.
Keksaalarga to'qsonu-u yuz yosh beradi
Oltmish uchda o'g'li elga osh beradi
Yurak bagrim temir ekan metin ekan
Bunday og'ir ayriliqqa dosh beradi
Tushlarimda choy ila osh non qo'yaman
Erkalanib poylariga bosh qo'yaman
Bu qandayin musibatu faryod uraman
Bugun otam go'rlariga bosh qo'yaman