O'tkinchi dunyoning ortidan quvib
Dunyolar kezdima ko'ksimni kerib
Bugun ostonadan bir qadam qo'yib
Pinhona yig'ladim ich ichim to'lib
Onamni sochida oqlarni ko'rib
Yuragi ezilgan yo'limga qarab
Do'stu yaqinlardan holimni so'rab
Sog'inchdan bosh egib qolibdi nurab
Pinhona yig'ladim ich ichim to'lib
Onamni sochida oqlarni ko'rib
Ko'rdimu shu onda tiriklay so'ndim
Onamni sochida oqlarni ko'rib
Qo'llarida hassa yuragi yarim
Dunyoda yagona yolg'izim manim
Ezilib ketyabman o'ylagan sari
Pinxona yigladim ich ichim to'lib
Onamning sochida oqlarni ko'rib
Yuziga qari tushgan ajinlar o'zi
Men nodon aytmabman bir shirin so'zim
Ko'r ekan aslida bu ikki ko'zim
Ko'rdimu shu onda tiriklay so'ndim
Onamni sochida oqlarni ko'rib
Pinxona yigladim ich ichim to'lib
Onamning sochida oqlarni ko'rib
Menga tikan kirsa kuyganim onam
diydorga oshiqib turganim onam
Topilmas endi hech topganim onam
Egildim boshimni devorga urib
Onamning sochida oqlarni ko'rib