O'zbekcha karaokelar
Matn va minuslar

Jaloliddin Ahmadaliyev - Ishq furushlar (Karaoke)

Telegramdan yuklash
Ishq furushlar (Karaoke) - Jaloliddin Ahmadaliyev
Tinglash
Ishq furushlar (Karaoke) - Jaloliddin Ahmadaliyev
0
0
KUYLANG Jaloliddin Ahmadaliyev - Ishq furushlar (Karaoke)

 

Yuribmizda ko’ksimizda olov bilan
Yuribsizda bizni tashlab birov bilan
Oq tushmadi sochlarimni sovuq urdi
Boshimizga bevaqt tushgan qirov bilan

Izingizda qora otli shahzodalar
Bo’larmidi ishingiz biz yayov bilan
Bilmadingiz sezmadingiz ohimni bir
Qor yonmadi ming topilgan qalov bilan

Hozir qizlar dilga emas, pulga qarar, 
Istasangiz o‘ynab aytay garov bilan. 
Sillamni sil qilib qo‘ydi firoq dardi,
Yomon ekan birga kelsa tumov bilan. 

Sevgi qadrin arzon qildi ishq furushlar, 
Ming bozorga solib uni chayqov bilan. 
Hasis dunyo o‘z omonat mehmonini, 
Nuqul siylar sovib qolgan palov bilan. 

Biz bo‘lgancha bo‘ldik, faqat kelinchagim, 
Baxtli bo‘ling, xo‘pmi endi,  kuyov bilan.
To‘yingizga taklifnoma yuborsangiz, 
“g‘ayrat sho‘rlikka!”  Deb yozing  undov bilan...

 

Jaloliddin Ahmadaliyev - Ishq furushlar minus qoshiq matni text

Ushbu Jaloliddin Ahmadaliyev - Ishq furushlar (Karaoke) ga fikr bildiring
Diqqat!
Faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchigina fikr bildirishi mumkin. Yoki ijtimoiy saxifalar orqali Ro'yxatdan o'ting.