Jaloliddin Axmadaliyev - Kuydurgi matn, text, qo'shiq matni
Qotil koʻzing fitnalari, 
Paymonamni toʻldirdi. 
Yetar, endi ketma nari, 
Kuydirding-a, kuydirgi. 
Koʻzdan tarovating ketmay, 
Hanuz malohating ketmay, 
Dildan jarohating ketmay, 
Kuydirding-a, kuydirgi...
Ishq menga teskari borsa,   
Yo Majnun singari borsa, 
Laylidirsan nari borsa, 
Kuydirding-a, kuydirgi.
Qizlar nozik taʼb boʻladi, 
Maqtasang bir qop boʻladi, 
Yondim desam lof boʻladi, 
Kuydirding-a, kuydirgi...
Koʻklarga sochib kukunim, 
Koʻzimdan chiqdi tutunim, 
Hali holvami bu kunim, 
Kuydirding-a, kuydirgi.
Aybim ne ekan, uqmadim, 
Kimlar qoʻl berdi — siqmadim, 
Chizsang chiziqdan chiqmadim, 
Kuydirding-a, kuydirgi.  
Bitta tishlatib olmamni,
Oʻzim quruq qolamanmi, 
Men senga yosh bolamanmi, 
Kuydirding-a, kuydirgi...
Jaloliddin Axmadaliyev - Kuydurgi minus
Jaloliddin Axmadaliyev - Kuydurgi karaoke
 
jaloliddin ahmadaliyev qo'shiqlari karaoke
karaoke uzbek qo'shiqlari jaloliddin ahmadaliyev