Jaloliddin Ahmadaliyev - Sinfdosh qiz
Qalbda hamon yashab kelyapsan,
Necha yil-ki yurakni yeding.
Seni yomon sog’inganman-ey,
Sinfdosh qiz boshqacha eding.
Hech bir qizni yonib sevmadim,
Hech bir qizga ko’ngil qo’ymadim,
Eh, vaqtida qadring bilmadim,
Sinifdosh qiz boshqacha eding.
Bir umrlik armonim o’zing,
Sog’indim-ku tim qora ko’zing,
O’sha shirin o’tmishda qolding,
Sinfdosh qiz boshqacha eding.
Meni desa ketarding yonib,
Xafa bo’lsam ko’nglimni olib,
Qolib ketding yurakda qolib,
Sinfdosh qiz boshqacha eding.
O’zga seni qo’lingni tutar
Yuragim ham ezilib ketar
Qadring yomon sezilib ketar
Sinfdosh qiz boshqacha eding.
Onlar ortga qaytmaydi endi,
Dardim hech kim bilmaydi endi,
Qodir hamon qumsaydi seni,
Sinfdosh qiz boshqacha eding
karaoke versiyada
Jalolidin Ahmadaliyev - Sinfdosh qiz (Karaoke), Jalolidin Ahmadaliyev - Sinfdosh qiz (minus), Sinfdosh qiz (minus)